2 Iyul 2025 yil 2152

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatlar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda viloyat bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga asosan “Turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni tekshirish” tezkor tadbiri doirasida “Tinch va farovon mahallam sari” tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

Dastlab, tuman ichki ishlar bo‘limlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar  mas’ullari va Qo‘riqlash xizmati hamda aloqador tashkilotlar vakillariga tungi xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tildi.

Yo‘riqnomada Davlat rahbarining joriy yil 3 yanvar kunidagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, shaharda kriminogen vaziyatni jilovlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning ustuvor yo‘nalishlari tungi xizmat xodimlariga tushuntirildi.

Viloyatda kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hamda ko‘cha va jamoat joylarida jinoyat sodir etishga moyil, noqonuniy o‘q-dori va qurol saqlash, moyjuvoz, giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq, qidiruvdagi shaxslarni aniqlash bo‘yicha bir qancha qonunbuzar shaxslarning yashash manzillari ko‘zdan kechirish tadbiri o‘tkazildi.

Jumladan, Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro 1 dona ov qurolini tegishli hujjatlarsiz noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlanib, qurol protsessual tartibda hujjatlashtirib olinib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Xuddi shuningdek, Kitob tumanida o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbir davomida fuqaro yashash xonadonida 1 dona o‘q-otar qurolini saqlab kelayotganligi aniqlanib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Tinch va farovon mahallam sari” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Shahrisabz shahri va Kitob tumanida xonadonida qo‘lbola juvoz uskunalari o‘rnatib, sifatsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi fosh etildi. Tadbir davomida ko‘p miqdorda chigit, kunjara, tayyor yog‘ mahsulotlar, uskunalar va idishlar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi. Jumladan Shahrisabz shahrida fuqaro noqonuniy ravishda bir nechta moy juvoz uskunasini o‘rnatib, sifatsiz qo‘lbola yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlandi.

Voqea joyidan 800 litr yog‘simon suyuqlik, 9,5 tonna chigit, 1,5 tonna kunjara, 1650 dona qopqoq, 1 litr sig‘imdagi qadoqlangan 1320 dona va 0,5 sig‘imdagi qadoqlagan 1130 dona yog‘lar va juvoz uskunalari tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Xuddi shuningdek, Kitob tumanida yashovchi fuqaroning xonadonidan moy juvoz uskunasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar organlari va hamkor tashkilotlar bilan olib borilgan tadbirlar natijasida Yakkabog‘ tumanida fuqarolarning chorva mollarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Tezkor tadbirda 4 nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh tomonidan 1 bosh qora mol va boshqa mol-mulklar o‘g‘irlanganligi aniqlandi.

Surishtiruvlar davomida Yakkabog‘ tumani “Sherozi” mahallasida yashovchi fuqaroning yashash hovlisidadan 15.000.000 so‘mlik 1 bosh qora molini, shu mahallda yashovchi yana bir fuqaroning yashash uyidan

1 bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganligi aniqlanib, jinoyatchilardan 1 bosh qora mol va 300 ming so‘m pullar protsessual tartibda hujjalashtirib olindi.

O‘g‘rilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan Yakkabog‘ tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tadbir doirasida viloyat miqyosida sud va tergov organlari tomonidan qidiruv e’lon qilingan 8 nafar shaxs ushlandi.

Ular turli jinoyat ishlari bo‘yicha qidiruvda bo‘lib, olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida hududlardagi yashash manzillaridan topilib, protsessual tartibda mas’ul organlarga topshirildi.

Mazkur tadbir jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning tinch hayotini muhofaza qilishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining amaldagi samarasi bo‘lib, qator jinoyatlar fosh etilib, qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

Text to speech