Mahalla tizimi xodimlari kunida faollar e’tirof etildi.
Xabaringiz
bor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Mahalla tizimi xodimlari kuni"
munosabati bilan bir guruh soha vakillarini taqdirladi. Ular orasida vohamiz
faollari ham bor:
II darajali
"Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan Mirzayeva Gullola
Abdusalomovna - Shahrisabz shahridagi "Uymovut" mahalla
fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi;
"Sodiq
xizmatlari uchun" medali bilan Abraxmatov Xusan Qulmatovich -
Dehqonobod tumani ichki ishlar bo‘limi "Beshbuloq" mahalla fuqarolar
yig‘inidagi profilaktika katta inspektori;
"Shuhrat"
medali bilan Xudayberdiyev Xamza Tuychiyevich - Qarshi tumanidagi
"Lagandi" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.
Shuningdek,
mahalla fidoyilarining 16 nafari "Mahalla iftixori" ko‘krak
nishonlari bilan taqdirlanishdi.
Viloyat
hokimligida tashkil etilgan davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlarini
tantanali topshirish tadbiridan so‘ng Murotjon Azimov mahalla tizimidagi
xodimlar bilan muloqot qilib, bugungi kunda sohani rivoji uchun Prezidentimiz
tomonlaridan yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlarni e’tirof etdi.