24 Avgust 2024 yil 256

Mahalla obod — yurt obod

Xalqimiz istiqlolga erishganining 33 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Ommaviy hasharda ma’muriy binolar, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarda tozalash,  obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Umumxalq xayriya hasharida viloyat ichki ishlar boshqarmasi soha xizmatlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xayriya hasharida ichki ishlar organlari xodimlari binoda tozalash ishlarini amalga oshirib,  atrofidagi manzarali va mevali  daraxtlarga hamda gul ko‘chatlariga shakl berildi. Bino atrofi va hovlidagi daraxtlar hamda ichki yo‘laklar atrofi oqlandi.

Ozodalik, poklik, saranjomlik bor joyda baraka bo‘ladi. Qolaversa sarishtali joylar yanada ko‘rkam bo‘ladi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hasharning o‘rni muhim.

Bu boradagi ishlar viloyatning shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida ham davom etmoqda.

Text to speech