27 Dekabr 2024 yil 1340

Mahalla "yettiligi" ish samaradorligi sarhisob qilindi

Hokimlik majlislar zalida tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida sektor rahbarlari ishtirokida tumandagi 59 ta mahallalar "yettiligi" ish faoliyati, 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Davlat siyosatini mahallagacha tushirish, aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini ko‘paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish  borasida belgilangan vazifalarning ijrosi samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil qilindi. Bir qator yo‘nalishlarda vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgan mahalla mas’ullariga belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari berildi.

Yig‘ilish davomida 2025 yil uchun ustuvor vazifalar belgilanib, mahalla mas’ullariga aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil qilish, aholini kambag‘allikdan chiqarish va yoshlar bilan ishlash lozimligi ta’kidlandi.

Text to speech