Loqaydlik - umr zavoli
Mamlakatimizda bugungi kunda joylarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish sohasida olib borilayotgan izlanishlar, harakatlar oʼz samarasini bermoqda. Bunda ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha yangicha ishlash tizimi joriy etilayotgani poydevor boʼlib xizmat qilmoqda. Maqsad - tom maʼnoda fuqarolarning chinakam himoyachisi boʼlishdir.
Bugun hamma sohada boʼlgani kabi ichki ishlar organlarifaoliyatini ochiq, oshkora xalqqa yetkazish boʼyicha bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Birgina mart oyini oladigan boʼlsak, shahar hududida 606 nafar maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Shulardan 532 nafariga jarima, 10 nafariga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan, 49 nafari esa ogohlantirildi.
Ishga boʼlgan masʼuliyat va temir intizom tufayli mart oyi davomida shahar hududida 23 marotaba “Tigʼ” tadbiri oʼtkazildi. Mazkur tadbir davomida 786 ta transport vositasi tekshiruvdan oʼtkazildi. 2 nafar shaxslarga Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 1852-moddasi 1- va 2-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari boʼyicha shahar sudiga taqdim etildi. Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 161-moddasi (Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish) bilan 16 nafar, 223-moddasi (Pasport tizimi qoidalarini buzish) bilan 25 nafar, 54-moddasi (karantin qoidasini buzish) bilan 53 nafar, 187-moddasi (jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilish) bilan 32 nafar fuqarolarga maʼmuriy tartibda choralar koʼrildi.
Joylarda targʼibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish, har bir oila bilan yakka tartibda ish olib borish masalasi bugungi kunda eng dolzarb masala boʼlib turibdi. Eng achinarlisi, shuki oʼtgan oyda Shahrisabz shahar hududida yashovchi jami 224 nafar spirtli ichimlikka ruju qoʼygan shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borilishiga qaramasdan mart oyi davomida Jinoyat ishlari boʼyicha Shahrisabz shahar sudi tomonidan spirtli ichimlik isteʼmol qilishga mukkasidan ketgan 7 nafar fuqaro surunkali alkogolizmdan forigʼ boʼlishligi uchun majburiy viloyat narkalogiya dispanseriga yuborildi.
Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama mukammal qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor qaratishda olib borayotgan ishlar yetarli boʼlmayapti. Bu sohada ota-onalar va mahalla hamda pedagoglar jamoasini uzviy hamkorligini yoʼlga qoʼyish zarur. Taʼlim muassasalarida “Davomat”, “Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʼrtasida giyohvandlikka qarshi kurashish”, “Siz qonunni bilasizmi?!” va boshqa tadbirlar olib borilib, sababsiz dars qoldirgan va maʼmuriy huquqbuzarlik sodir qilgan 7 nafar oʼquvchilarning ota-onalariga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, chora koʼrishlik uchun Shahrisabz shahar hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʼyicha komissiyasiga yuborildi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir qilgan va moyil boʼlgan 4 nafar voyaga yetmaganlar profilaktik hisobga olindi.
Shuningdek, shaharda oilaviy kelishmovchiliklarni oldini olish maqsadida, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan 22 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berildi. Joriy yil mart oyi davomida shahar hududida jami 23 ta jinoyatlar qayd etildi. Ichki ishlar organlari va huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan muntazam targʼibot va ogohlantirishlarga qaramasdan aholi oʼrtasida firibgarlarning tuzogʼiga osongina ilinib qolish holatlari davom etmoqda. Firibgarlik jinoyatlaridan 3 tasi avtomashina olib berish bilan bogʼliq boʼlsa, fuqaro E.Sh. pulini koʼpaytirish maqsadida BААning Dubay shahrida yashovchi tanishi K.R.ning hisob raqamiga bank orqali 5000 АQSh dollarini oʼtkazgan.
Keyingi vaqtlarda tikuv avtomashinalarini olib, pulini bermasdan sotib yuborish va yer uchastkasi olib berish bilan bogʼliq soxta firibgarlik holatlari koʼpaydi. Yoʼl-transport hodisasi bilan bogʼliq 2 ta jinoyatning bittasi odam oʼlimi, 2 chisi tan jarohati bilan bogʼliq. Toʼrtta holatda shaharning Kunchiqar, Nomozgoh, Pillakashlik, Sariosiyo mahalla fuqarolar yigʼinlarida qoʼlbola juvoz bilan qonunga xilof ravishda chigitdan yogʼ ishlab chiqarganligi IJQK Departamenti va IIO xodimlari hamkorligida aniqlandi. Yashil Diyor MFYda giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlagan shaxs ichki ishlar organlari xodimlari eʼtiboridan chetda qolmadi.
Bundan tashqari sodir etilgan quyidagi jinoyatlar tahlil qilinganda “Zargarlik” MFYdagi xonadonda pul va qimmatbaho buyumlar oʼgʼirlangani, Doʼstlik MFYda yashovchi fuqaro taqiqlangan ijtimoiy tarmoqlardagi video yozuvlarni koʼchirib olib, tarqatganligi, Tutzor va Ipak yoʼli MFYlarda byudjet mablagʼlarini oʼzlashtirish bilan bogʼliq 2 holat, Ipak yoʼli va Navroʼz MFYda esa qatʼiy hisobda turgan hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bogʼliq holatlar mahallarda atroflicha muhokama qilindi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, loqaydlik umr zavoli. Аtrofimizda boʼlayotgan voqea hodisalarni koʼra bila turib, loqayd va beparvo boʼlishlik jinoyat sodir qilishlik bilan barobardir. Sohibqiron bobomiz Аmir Temur tavallud topgan, kindik qoni toʼkilgan zamindada jinoyat sodir etilmasligi uchun hammamiz birdek kurashmogʼimiz va oldini olmogʼimiz darkor. Havola etilayotgan raqamlarning har biri inson taqdiri bilan bogʼliq. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun katta hayotiy tajribaga ega nuroniylar, yetuk yoshlar va malakali xotin-qizlar va jamoatchilik vakillarini jalb etib, jinoyatni jilovlashda oʼrnak boʼlaylik. Zero, insonlari maʼnaviyat va maʼrifatga intilgan zaminda yoʼlidan adashganlar boʼlmasin.