“Loliston” mahallasida sayyor qabul
Inson omili eng ustuvor vazifaga aylangan jamiyatimizda fuqarolarning muammolarni bartaraf etish, ularni hayotdan rozi boʼlib yashashlari uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Buning amaliy ifodasi sifatida sektorlari rahbarlari tomonidan joylarda uyushtirilayotgan qator sayyor qabullarda fuqarolarning muammolari yechim topmoqda.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Shahrisabz tumanining Loliston mahalla fuqarolar yigʼinidagi Pedagogika kollejida Sayyor qabul oʼtkazdi. Unda 3-sektorga qarashli mahallalarda istiqomat qilib kelayotgan yoshlarni bandligini taʼminlash, boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish masalalriga alohida eʼtibor qaratildi. 48 nafar yoshlar va fuqarolar ishtirok etgan sayyor qabulda yoshlarning 32 murojaati tinglandi. Murojaatlarning 15 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan 17 ta murojaatlar esa mablagʼ va vaqt talab etgani bois ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.