2 Iyun 2022 yil 739

Litseyda xotin-qizlar yig‘ilishi

    IIV Qashqadaryo akademik litseyida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish va ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiligini oldini olish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Xidoyat To‘rayeva, MMI va KBTX xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bosh inspektori mayor Zarina Kenjayevalar so‘zga chiqib, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, kasbga o‘qitish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligini, natijada  jamiyatda ayollar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni kamayishini ta’kidlashdi.

    Yig‘ilishda xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar oilaviy zo‘ravonliklarni barvaqt aniqlash va ularni oldini olish borasida hamkorlikdagi ishlarni jadallashtirish hamda jinoyat sodir etishga moyillar bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy profilaktik ishlarni doimiy ravishda olib borish lozimligi xususida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berishdi.

Text to speech