25 Iyun 2022 yil 266

Litsey o‘quvchilari boshqarmada

    O‘zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyining o‘quvchilari Qarshi shahar IIOFMBda bo‘lishdi. Dastlab, litsey o‘quvchilari bilan “Intizom oyligi” doirasida boshqarmada amalga oshirilgan yangilanish va o‘zgarishlar xususida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda atroflicha ma’lumotlar berildi. So‘ngra, tashrif doirasida o‘quvchilar boshqarma binosida joylashgan situatsion markaz, Navbatchilik qismi ish faoliyati, Vatanparvarlik burchagi, kichik kinologiya maskani, ekspert-kriminalistika bo‘limi, Konvoy guruhi xodimlari ish jarayonlari va  xizmatda foydalanib kelinayotgan texnika va texnologiyalari xizmat avtomashinalari bilan yaqindan tanishdilar. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyatlarni fosh etish borasida foydalaniladigan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Yakunda litsey kutubxonasi uchun kitoblar sovg‘a qilindi.

Text to speech