29 Dekabr 2022 yil 264

Litseyda yangi yil tadbiri

2022-yil 24-dekabr kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Yangi yil” tadbiri tashkil qilindi. Tadbirni akademik litsey direktori M.Ch.Do’styorov ochib berdi va yil davomida erishilgan yutuqlar haqida so’zlab, yaqinlashib kelayotgan yang yil bilan barchani samimiy muborakbod etdi.

Akademik litseyning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari podpolkovnik I.Farmonov yil davomida o’z xulqi va bilimi bilan tengdoshlari orasida o’rnak bo’lib kelayotgan o’quvchilarga tashakkurnomalar topshirdi.

O’quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan o’quvchilarga litsey rahbariyatining sovg’alari topshirildi. O’quvchilar o’zlari tayyorlab kelgan chiqishlari bilan barchani mamnun qilishdi. Yangi yilga bag’shlangan tadbir ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.

Text to speech