Litseyda amaliy o‘quv mashg‘uloti
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi
Ekspert kriminalistika markazi xodimlari Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo
akademik litseyida “Kriminalistika fanining predmeti, tizimi va vazifalari”,
“Kriminalistikaning uslubi”, “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda
kriminalistikaning metodlaridan foydalanish” mavzularida amaliy o‘quv
mashg‘uloti o‘tkazishdi.
Ishtirokchilarga hodisa sodir bo‘lganda voqea
joyiga yetib borish va uni urab olish, ashyoviy-dalillarni olish hamda ularning
tadqiqotgacha saqlash lozimligi va bu o‘z o‘rnida jinoyatlarni fosh etishdagi
muhim ahamiyat kasb etishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Ichki ishlar organlari tizimidagi o‘quv
muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning bilim va mahoratini oshirish,
kasbga bo‘lgan sadoqatini yuksaltirish maqsadida tez-tez o‘quv mashg‘ulotlari,
sohaga oid ko‘rgazmali chiqishlar o‘tkazib borilmoqda. Belgilangan reja asosida
o‘tkazilgan navbatdagi mazkur amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘quvchilarning sohaga
oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘quv mashg‘ulotida o‘quvchilar mavzuga oid
o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Yakunda ishtirokchilar Boshqarma
Ekspert-kriminalistika markazi Kriminalistik laboratoriyasi avtomashinasidagi
zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalar bilan yaqindan tanishdilar.