LITSЕY KASB BAYRAMI
25 oktyabr – Ichki ishlar organlari kuni bayrami munosabati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda litsey rahbariyati, faxriy o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etishdi. Tadbirni litsey direktori podpolkovnik Komil Nazarov ochib, Ichki ishlar vazirining soha fidoyilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbirda ichki ishlar organlari xodimlarining xalq osoyishtaligi, fuqarolar xavfsizligi, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasidagi xizmatlari e’tirof etilib, yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligi ta’kidlandi.
Yakunda mashaqqatli va sharafli xizmatdan faxriylikka chiqqan litseyning bir guruh o‘qituvchilari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Bayram dasturidan o‘rin olgan dilbar taronalar, kuy-qo‘shiqlar, she’rxonlik barchaga zavq bag‘ishladi.