Elektromobillar raqamlashtirildi
Har bir ishda tartib-intizom va xavfsizlikka
rioya etish muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Bu borada turizm sohasida ham bir
qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB
Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi hamda Shahrisabz shahar
Obodonlashtirish departamenti bilan hamkorlikda Oqsaroy majmuasidagi “Amir Temur” xiyoboni hududida
harakatlanuvchi elektromobillarni raqamlashtirish yuzasidan targ‘ibot
yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirda haydovchilarga elektromobillarni
boshqarishda xavfsizlik talablariga rioya etish, voyaga yetmagan bolalarni
texnika vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik tushuntirildi.
O‘z navbatida elektromodillarni raqamlashtirish
xorijiy turistlar va mahalliy sayyohlarning biron-bir narsa buyumlari e’tiborsizlik
tufayli qolib ketganda, raqam orqali tez
va o‘z vaqtida topilishiga xizmat qiladi.