4 Yanvar 2023 yil 997

Kutilmagan kelishmovchilik jinoyatga yo‘l ochdi

Shahrisabz tumanidagi Bolalar musiqa va san’at maktabida sodir etilgan mudhish jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati, tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limi, xotin-qizlar qo‘mitasi, yoshlar ishlari agentligi, nuroniylar va oqsoqollar hamda tumandagi mahalllar beshligi, “Teparlik” mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Jasurbek Ataev joriy yilning ilk kuni sodir etilgan bu mudhish jinoyatni yuzaga keltirgan shart-sharoitlarni atroflicha muhokama qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Shahrisabz tumani “Tepar” mahallasida yashovchi hamqishloqlar ochiq dala maydoniga borishib, shu yerda o‘zaro og‘zaki tortishib qolishgan. Natijada o‘rtada bahslashuv yuzaga kelib, bir-birini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganligi sababli erkak ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Ertasi kuni jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgach, shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Bu fuqarolarning o‘zaro munosabatidan mahalla beshligi bexabar deyish noo‘rin. Ular “xonadonbay”, “fuqarobay”  ishlarni amalga oshirishda bu shaxslarning hayoti va turmush tarzi bilan qiziqmagan.    

Tadbirda so‘z olganlar mahalla faollari, qarindoshlar o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani mudhish jinoyatni yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani tanqid ostiga olindi. Fuqarolarning kundalik tashvishi va maishiy muammolari bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan mahalla beshligi ogoh va hushyor ish olib borib, nazoratsiz shaxslar turmush tarzi bilan shug‘ullanganida bu jinoyatning oldi olinardi.

Holat bo‘yicha mutasaddilardan izoh so‘ralib, har bir mahalla faollari o‘z ishini jonlantirishi, zimmasidagi mas’uliyatni his etgan holda faoliyat olib borishi, “Teparlik” mahalla fuqarolar yig‘ini beshligi zimmasiga aniq manzilli vazifalar yuklandi. 

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tumani IIB TB tomonidan fuqaro S.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Fuqaro S.X. JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Text to speech