27 Iyun 2023 yil 356

Kursantlar amaliyotga kirishdi

Qarshi shahar IIO FMBda IIV Akademiyasi 1-o‘quv kursi kursantlari bilan o‘quv-tanishuv hamda 2-o‘quv kursi kursantlari bilan ish o‘rganish amaliyotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV Akademiyasi o‘qituvchisi, 1-2-bosqich kursantlari, boshqarma MMI va KBTX, “Faxriylar kengashi” a’zolari shahar-tuman IIB xodimlari hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

Amaliyot oldidan kursantlar va ularning ota onalari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga xizmat intizomi, kasb-odobi va qonunchilik talablariga rioya etishlari bo‘yicha bir qator yo‘riqnomalar berildi. Xususan, kursantlarga ichki ishlar organlarida uzoq yillar davomida samarali xizmat qilib kelgan keksa faxriylar tomonidan ham kerakli tushuncha va maslahatlar berildi.

Joriy yilning 26 iyun kunidan 17 iyul kuniga qadar davom etadigan amaliyotda IIV Akademiyasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 1-o‘quv kursining 53 nafar hamda 2-o‘quv kursining 42 nafar kursantlari “Ish o‘rganuvchi” sifatida ichki ishlar organlarining malakali xodimlariga biriktirildi.

Kursantlar amaliyot davomida biriktirilgan shahar va tuman ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan malakali xodimlari murabbiyligida nazariy bilimlarini amaliyotga tabiq etib, zaruriy ko‘nikmalarni o‘rganishadi.

Text to speech