18 Yanvar 2021 yil 672

KURSАNTLАR АMАLIYОTGА KIRISHDILАR

 Qarshi shahar IIO FMBda IIV Аkademiyasining 3-bosqich kursantlarining amaliyotga kirishishga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda kursantlarning ota-onalari ham ishtirok etdi. Yigʼilishni viloyat IIB  boshligʼi oʼrinbosari polkovnik X.Bozorov ochdi.

Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, pinhona sodir etilgan qonunbuzarliklarni fosh soha vakilidan, albatta, tajriba va malaka talab etadi. Аna shu maqsadda har yili respublika IIV Аkademiyasining bitiruvchi kurs tinglovchilari ish oʼrganish, oliygohda olgan bilimlarini amaliyotda toʼgʼri qoʼllash, kasb sirlarini puxta oʼrganish uchun joylarda amaliy mashgʼulotlar oʼtaydilar. Bunda amaliyot bilan birga yosh soha xodimlarining kasbiy mahorati, jismoniy va jangovar shayligini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Qolaversa, jinoyatchilikka qarshi kurashishda favqulodda va qaltis holatlar yuzaga kelganda har bir ichki ishlar idoralari xodimi vaziyatdan kelib chiqib, jinoyatchini zararsizlantirish va xavfsizlik choralarini inobatga olgan holda harakat qilishi lozimligi yoshlarga oʼrgatiladi.

 Mamlakatimizda yoshlarga boʼlgan gʼamxoʼrlik va eʼtiborning  oshganligi, ularning har tomonlama mukammal va yetuk boʼlib ulgʼayishlari uchun bir qator imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, viloyat IIBga amaliyot oʼtash uchun kelgan tinglovchilar Qarshi shahar va Chiroqchi tuman IIO FMB hamda shahar-tuman IIBlarida Tergov, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Jinoyat-qidiruv, Jinoyatlarning oldini olish, Ekspert-kriminalistik yoʼnalishlari boʼyicha bilim va malakalarini boyitib, kasbga koʼnikma hosil qilishadi. Tinglovchilar tizimda uzoq yillar xizmat qilgan tajribali xodimlar murabbiyligi ostida belgilangan dasturlar asosida mashgʼulotlar oʼtashadi. Shu bilan bir qatorda ular amaliyotda  asqotadigan  meʼyoriy hujjatlarni ham oʼqib oʼrganishi xizmat davomida oʼz natijasini  beradi.

           

 Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech