Kursantlar amaliyotda
Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida respublika Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi 1-, va 2-bosqich kursantlarining amaliyotga kirishishiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, “Faxriylar kengashi”, murabbiylar, Аkademiya 1-, va 2-bosqich kursantlari hamda ularning ota-onalari ishtirjk etdi. Yigʼilishni boshqarma boshligʼi oʼrinbosari, polkovnik X. Bozorov ochdi.
Jinoyatchilikning erta aniqlab oldini olish va unga qarshi kurashish, pinhona sodir etilgan qonunbuzarliklarni fosh soha vakilidan, albatta, tajriba va malaka talab etadi. Аna shu maqsadda har yili respublika IIV Аkademiyasining bitiruvchi kursantlari ish oʼrganish, oliygohda olgan bilimlarini amaliyotda toʼgʼri qoʼllash, kasb sirlarini puxta oʼrganish uchun joylarda amaliy mashgʼulotlar oʼtaydilar. Bunda amaliyot bilan birga yosh soha xodimlarining kasbiy mahorati, jismoniy va jangovar shayligini oshirish ham eʼtiborda boʼladi. Qolaversa, jinoyatchilikka qarshi kurashishda favqulodda va qaltis holatlar yuzaga kelganda har bir ichki ishlar idoralari xodimi vaziyatdan kelib chiqib, jinoyatchini zararsizlantirish va xavfsizlik choralarini inobatga olgan holda harakat qilishi lozimligi yoshlarga oʼrgatiladi.
- Mamlakatimizda yoshlarga boʼlgan gʼamxoʼrlik va eʼtiborning oshganligi, ularning har tomonlama mukammal va yetuk boʼlib ulgʼayishlari uchun bir qator imkoniyatlar mavjud. Jumladan, viloyat IIBga amaliyot oʼtash uchun kelgan tinglovchilar Qarshi shahar IIBda Tergov, Jinoyat-qidiruv, Jinoyatlarning oldini olish, Ekspert-kriminalistik yoʼnalishlari boʼyicha bilim va malakalarini boyitib, kasbga koʼnikma hosil qiladi, - deydi boshqarma Kadrlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari, podpolkovnik K.Nazarov. - Tinglovchilar tizimda uzoq yillar xizmat qilgan tajribali xodimlar murabbiyligi ostida belgilangan dasturlar asosida mashgʼulotlar oʼtaydi. Shu bilan bir qatorda ular amaliyotda asqotadigan meʼyoriy hujjatlarni ham oʼqib oʼrganishi oliygohda tahsil davomida foyda beradi.
Аmaliyot davomida tinglovchilar Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining tajribali xodimlaridan sohalarning sir-asrorlarini oʼrganishadi. Taʼkidlash joizki, ish oʼrganish jarayonida tinglovchilarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan amaliy-nazariy va boshqa amaliy yordamlar koʼrsatiladi.