6 Fevral 2023 yil 307

Kursantlar amaliyotga kirishdi

  Qarshi shahar IIOFMBda IIV Akademiyasining 3-bosqich kursantlarining amaliyotga chiqishi munosabati bilan murabbiylar biriktirish va amaliyotni o‘tash jarayonlari yo‘riqnomasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV akademiyasi o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, shahar-tuman IIB boshlig‘ining MMIB o‘rinbosarilari, kursantlar va ularga biriktirilgan murabbiylar hamda kursantlarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

   Yig‘ilishni boshqarma MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ixtiyor Xudoyqulov ochib, mamlakatmizda amaldagi yilning Yurtboshimiz tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlanishi fuqarolarni haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish bilan birga ta’limga bo‘lgan e’tiborni ham oshirdi, - dedi. - Negaki, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishlari uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

Mamlakatimizda osoyishtalikni mustahkamlash, qonunbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish  borasidagi bilim va tajribalarini boyitib kelayotgan respublika IIV Akademiyasi talabalari ham yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib kelmoqda.

  - Ayni kezlarda respublika IIV Akademiyasining 3-bosqich  tinglovchilari oliygohda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, faoliyatda to‘g‘ri qo‘llash, kasb sirlarini puxta o‘rganish uchun amaliy mashg‘ulotni tajribali murabbiylar qo‘l ostida o‘tashga kirishdi. - deydi IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik Rasul Rahmonov. -   Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘lajak zobitlarning kasbiy mahorati, jismoniy va jangovar shayligini, xizmatga tayyorgarligini oshirishdir. Qolaversa, favqulodda va qaltis holatlar yuzaga kelganda har bir ichki ishlar idoralari xodimi vaziyatdan kelib chiqib, jinoyatchini zararsizlantirish va xavfsizlik choralarini inobatga olgan holda harakat qilishi lozimligiga ko‘nikma hosil qilishi juda muhim.  

  Qarshi shahar IIBda uzoq yillardan buyon xizmat qilayotgan tajribali xodimlar tinglovchilarga tizim sohalarining sir-asrorlarini o‘rgatish uchun murabbiy etib biriktirildi. 

  Yig‘ilishda Prezidentimizning 2023 yil yanvardagi PQ-10-son qarori mohiyati ham ishtirokchilarga tushuntirilib, o‘qish davrida o‘qish va amaliyot o‘tash jarayonida boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh kursantlarning ota-onalariga IIV  Akademiyasi rahbariyatining  “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlandi.

Text to speech