Kursantlar amaliyotga kirishdilar
Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 3-bosqich tinglovchilarining amaliyotga kirishishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda murabbiylar, kursantlar va ularning ota-onalari ham ishtirok etdi. Yig‘ilishni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulov ochdi. Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, pinhona sodir etilgan qonunbuzarliklarni fosh soha vakilidan, albatta, tajriba va malaka talab etadi. Ana shu maqsadda har yili respublika Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bitiruvchi kurs tinglovchilari ish o‘rganish, oliygohda olgan bilimlarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash, kasb sirlarini puxta o‘rganish uchun joylarda amaliy mashg‘ulotlar o‘taydilar. Bunda amaliyot bilan birga yosh soha xodimlarining kasbiy mahorati, jismoniy va jangovar shayligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Qolaversa, jinoyatchilikka qarshi kurashishda favqulodda va qaltis holatlar yuzaga kelganda har bir ichki ishlar idoralari xodimi vaziyatdan kelib chiqib, jinoyatchini zararsizlantirish va xavfsizlik choralarini inobatga olgan holda harakat qilishi lozimligi yoshlarga o‘rgatiladi.
Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik
va e’tiborning oshganligi, ularning har
tomonlama mukammal va yetuk bo‘lib ulg‘ayishlari uchun bir qator imkoniyatlar
yaratilgan. Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasiga amaliyot o‘tash uchun
kelgan tinglovchilar shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limlarida Tergov,
Jinoyat-qidiruv, pprofilaktika, Ekspert-kriminalistika, psixolog, jazoni ijro
etish, tashkiliy boshqarma yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va malakalarini
boyitib, kasbga ko‘nikma hosil qilishadi.
Tinglovchilar tizimda uzoq yillar xizmat
qilgan tajribali xodimlar murabbiyligi ostida belgilangan dasturlar asosida
mashg‘ulotlar o‘tashga kirishdilar. Shu bilan bir qatorda ular amaliyotda asqotadigan
meyoriy hujjatlarni ham o‘qib o‘rganib, tajribasini boyitishadi.
Yakunda oliygohda o‘qish va jamoat ishlarida faol qatnashib kelayotgan namunali tinglovchilarning ota-onalariga Akademiya rahbariyatining “Tashakurnoma”lari topshirildi.