25 Iyun 2024 yil 731

Kursantlar amaliyotga kirishdilar

Qarshi shahar IIO FMBda IIV Akademiyasi 1- 2-o‘quv kursi kursantlari bilan ish o‘rganish amaliyotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, vazirlik Akademiyasi o‘qituvchisi, 1-2-bosqich kursantlari, boshqarma MMI va KBTX, Qarshi shahar IIOFMB rahbariyati, IIB xodimlari hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbirda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Temur Bayjanov so‘zga chiqib, amaliyot oldidan kursantlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga xizmat intizomi, kasb-odobi va qonunchilik talablariga rioya etishlari bo‘yicha bir qator yo‘riqnomalar berdi.

Kursantlar “Ish o‘rganuvchi” sifatida shahar-tuman IIBlarida Tergov, Jinoyat-qidiruv, Jinoyatlarning oldini olish, Ekspert-kriminalistika, Kiberxavfsizlik yo‘nalishlari bo‘yicha ichki ishlar organlarida uzoq yillar davomida samarali xizmat qilib kelayotgan ustoz xodimlar murabbiylardan bilim va malakalarini boyitib, kasbga ko‘nikma hosil qilishadi.

Kursantlar amaliyot davomida biriktirilgan shahar va tuman ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan malakali xodimlari murabbiyligida nazariy bilimlarini amaliyotga tabiq etib, zaruriy ko‘nikmalarni o‘rganishadi.

Yakunda a’lochi kursantlarning ota-onalariga IIV Akademiyasi rahbariyatining “Tashakkurnoma”lari topshirildi.

Text to speech