31 Avgust 2022 yil 322

Kun tartibida xizmat intizomi

     Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB va uning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari Qarshi ishahar IIO FMB shaxsiy tarkibining xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, bu borada amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar  tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda so‘zga chiqqanlar xizmat intizomini mustahkamlash va qonunchilikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va faoliyat natijalarini atroflicha muhokama qilishdi. 

      Shuningdek, xodimlar o‘rtasida korrupsiya, tamagirlik va boshqa salbiy holatlarni oldini olish, xizmat intizomiga og‘ishmay amal qilish borasida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar xususida mas’ullarga tegishli tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.

Text to speech