Kun tartibida xizmat intizomi va qonunchilik
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida shaxsiy tarkib oʼrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar oʼrtasida turli favqulodda holatlarni oldini olish va roʼy bergan salbiy holatlarning muhokamasiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Boshqarma sohaviy xizmatlari rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirok etgan yigʼilishni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Xabibullo Bozorov ochib, joriy yil 16 noyabr kuni Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari general-mayor Аziz Ikramov raisligida boʼlib oʼtgan videoselektor yigʼilishida xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishi, favqulodda holatlar sodir etilishini oldini olish borasida bildirgan fikr-mulohazalarini ishtirokchilarga yetkazdi. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy-profilaktik ishlarni kuchaytirish lozimligini taʼkidladi.
Tadbirda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan keyingi paytlarda taʼmagirlik, poraxoʼrlik, yoʼl-transport hodisasi sodir etish bilan bogʼliq favqulodda holatlar uchrayotganini tanqid ostiga oldi. Аvtomashinani hujjatsiz boshqarmaslik, faoliyat jarayonida fuqarolar bilan xushmuomala boʼlish, pirovardida xalq manfaatlariga xizmat qilishni ustuvor bilish bugungi kun talabi ekanligini shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazdi.
Xizmat davomida xodimlar oʼrtasida korruptsiya va boshqa qonunbuzilishi holatlari xodimlar tomonidan yuqoridagi kabi salbiy holatlar yuz berganda ichki ishlar organlaridan boʼshatish bilan cheklanib qolmasdan jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʼlgan choralar qoʼllanishi toʼgʼrisida xodimlar rasman ogohlantirildi.
Bu boradagi yigʼilishlar viloyat ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari va shahar-tumanlarida davom etmoqda.