Kun tartibida xizmat intizomi va qonunchilik
Muborak tumani IIBda xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy-profilaktik yigʼilish oʼtkazildi. Unda IIV OʼXB Qashqadaryo viloyati boʼyicha boʼlimi xodimlari, Muborak tuman IIB rahbariyati va boʼlim sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirok etdi.
Yigʼilishda tuman IIB xodimlari xizmat intizomi va qonunchilikka ogʼishmay rioya qilishi, vazirlik va boshqarma rahbariyatining meʼyoriy buyruqlari va koʼrsatmalarini bajarishda qonunchilikka qatʼiy rioya qilishi uqtirildi. Muntazam xizmat intizomi va qonunchilikni buzishga moyil xodimlar bilan tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarda qilmishining mohiyati tushuntirildi. Xodimlarga xizmat oʼtashda eʼtibor qaratish lozim boʼlgan jihatlar xususida yoʼriqnomalar berildi.
Xodimlar oʼrtasida korruptsiya va boshqa qonunbuzilishi holatlarini oldini olish, salbiy holatlarni yuzaga keltiruvchi shart-sharoitlar va omillar xususida tushunchalar berildi.
Yakunda xodimlarning kasbiy va jangovar holatga tayyorgarligi hamda safar xaltasi koʼzdan kechirilib, zarur tavsiya va takliflar berildi. Bu boradagi uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.