30 Mart 2023 yil 291

Kun tartibida: referendum mohiyati va xizmat intizomi

Qashqadaryo viloyati Qamashi, Yakkabog‘, Chiroqchi va Ko‘kdala tuman IIBlarida  “Yangilanayotgan Konstitutsiya inson huquqlarining mustahkam asosi” va shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida turli korrupsion hamda  favqulodda ro‘y beradigan salbiy holatlarni oldini olish, bu borada belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Ko‘lami keng tadbirda IIV Akademiyasi Huquqbuuzarliklar profilaktikasi kafedrasi boshlig‘i, mayor Alisher O‘sarov “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi va bosh qomusimizga kiritilayotgan normalarga alohida to‘xtalib, ularning ahamiyati to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berdi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov va IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Temur Bayjanovlar so‘zga chiqib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, faoliyat davomida korrupsion va favqulodda holatlar sodir etilishini oldini olish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ushbu jarayonda “xodimbay” ishlarni yanada kuchaytirish, shaxsiy tarkibning oila a’zolari bilan mustahkam aloqa o‘rnatish ko‘plab ko‘ngilsizlarni oldini olishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Bu boradagi targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Text to speech