KUN TАRTIBIDА QONUNCHILIK VА XIZMАT INTIZOMI
Qashqadaryo viloyati IIB sohaviy xizmatlari, shahar-tuman IIBlarida xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy-profilaktik yigʼilishlar oʼtkazilmoqda. Unda Oʼzbekiston Respublikasi IIV Kadrlar bosh boshqarmasi, viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi IIV OʼXB Qashqadaryo viloyati boʼyicha boʼlimi xodimlari ishtirok etmoqda.
Oshkora muloqot ruhida kechayotgan uchrashuvlar yaqinda vohaning Nishon, Gʼuzor hamda Dehqonobod tumani IIB shaxsiy tarkibi oʼrtasida boʼlib oʼtdi. Unda ichki ishlar organlari xodimlarining quyi tizimida xizmat qilayotgan xodimlar bilan xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Muntazam xizmat intizomi va qonunchilikni buzishga moyil xodimlar bilan tarbiyaviy-profilaktik tadbirlar oʼtkazildi. Shuningdek, Tarbiyaviy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlarning yurituvida boʼlgan hujjatlar oʼrganilib, aniqlangan kamchiliklar boʼyicha yoʼriqnomalar berildi.
Xodimlar oʼrtasida korruptsiya va boshqa qonunbuzilishi holatlari tahlil etilib, salbiy holatlarni yuzaga keltiruvchi shart-sharoitlar va omillar chuqur tahlil etilmoqda.
Bu boradagi uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.