30 Dekabr 2023 yil 845

Kun tartibida xotin-qizlar jinoyatchiligi muhokamasi

Shahrisabz shahar IIBda yoshlar o‘rtasida erta nikohni oldini olish, zo‘ravonlik, tahdid qo‘rqitish, jinsiy tajovuz, shuningdek,  ayollar jinoyatini oldini olishga bag‘ishlangan tahliliy tanqidiy  muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyat IIB JXX HPB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Zamira  Rustamova, Shahrisabz shahar hokimining o‘rinbosari Muhayyo Almirzaeva  va shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Javlon Raupovlar so‘ga chiqib, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar oshib ketganligi sabablari va kelgusida ushbu  jinoyatlarni oldini olishda profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar faollari, Oqila ayollar harakati va keng jamoatchilikka joriy yilda  xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan  huquqbuzarlik, firibgarlik, va boshqa jinoyatlarni sabab va shart-sharoitlarini chuqur tahlil etishdi.

Tadbirda kelgusida bu kabi salbiy holatlarni oldini olish borasida ishtirokchilarga tegishli tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.

Text to speech