28 Dekabr 2023 yil
652
Kun tartibida xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish muhokamasi
Ko‘kdala tumani hudidida xotin-qizlar
o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga bag‘ishlangan muhokama
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unba viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari, tuman
IIB rahbariyati, mahalla xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari
ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar tumanda xotin-qizlar
bilan bog‘liq turli ko‘rinishdagi salbiy holatlarga barham berish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘rovonlikni
oldini olish va qarshi kurashishda amalga oshirilgan ishlarning ahvoli
atroflicha tahlil etildi.
Yig‘ilishda xotin-qizlar bilan bog‘liq barcha
masalalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.