KUN TARTIBIDA XIZMAT INTIZOMI VA QONUNCHILIK
Viloyat ichki ishlar boshqarmasida shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida turli favqulodda holatlar hamda salbiy hodisalarni oldini olish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Boshqarma rahbariyati, IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi, sohaviy xizmatlar va shahar-tuman IIB boshliqlarining MMIB o‘rinbosarlari ishtirok etgan yig‘ilishni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Talat Mamatkulov ochdi.
Tadbirda so‘z olganlar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, jumladan, korrupsion jinoyatlarni oldini olish, tamagirlik, axloq-odob doirasi, turli onlayn qimor o‘yinlari o‘ynamaslik, yo‘l-transport hodisasi va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik ishtirokchilarga tushuntirildi.
Salbiy xatti-harakatlar sodir etgan xodimlar ichki ishlar organlaridan bo‘shatish bilan cheklanib qolmasdan qonuniy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanishi to‘g‘risida xodimlar rasman ogohlantirildi.
Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.