KUN TARTIBIDA XIZMAT INTIZOMI VA QONUNCHILIK
Qashqadaryo viloyati IIBda “Manfaatlar to‘qnashuvi – taraqqiyot kushandasi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari hamda Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi ishtirok etdi. Uni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbbosari - ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Tal’at Mamatqulov ochdi.
Tadbirda so‘z olgan Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisisi dots.nt Zoxid Boymurodov so‘zga chiqib, manfaatlar to‘qnashuvi korrupsiya kabi bir qator salbiy oqibatlarga, ya’ni fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishiga, davlat va davlat organlarining obro‘siga putur yetkazilishiga, davlatga moddiy zarar yetkazilishiga, bir tomonlama ustunlik berilishi va raqobatning yo‘qolishiga hamda uchinchi shaxslarga zarar yetkazilishiga olib kelishini ta’kidladi.
Ko‘lami keng yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Tal’at Mamatqulov, IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Temur Bayjanov, boshqarma sohaviy xizmatlar va JXX tarkibiy bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov so‘zga chiqib, viloyatda kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olishda boshqarma sohaviy xizmatlari xodimlari hamkorligini yanada kuchaytirish, jinoyatlarni yuzaga keltirgan sabab va omillarni tahlil etib, muhokama yig‘ilishlari o‘tkazishi, bu borada avvalo xodimlar xizmat burchiga sodiq holda sadoqat bilan xizmat olib borishi lozimligini ta’kidladi.
Yig‘ilishda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik T.Bayjanov so‘zga chiqib, shaxsiy tarkib bilan sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz holatlarni barvaqt oldini olish, ichki ishlar organlarida guruhbozlik, berilgan topshiriqlarni noo‘rin muhokama qilish, tamagirlik, korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilishi lozimligini qayd etdi.
Yig‘ilishlarda “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” shiori asosida xizmat olib borish lozimligi, buning uchun xodimlar o‘z ustida ishlab, bilim va malkasini boyitishi, kasbiy mahoratini oshirishi qilish bugungi kun talabi ekanligi sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga vazifa etib qo‘yildi.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning xatti-harakatida noqonuniy holatlarga guvoh bo‘lganlar viloyat IIB rahbariyati yoki IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishi aytib o‘tildi.