3 Avgust 2024 yil 623

KUN TARTIBIDA XIZMAT INTIZOMI VA QONUNCHILIK

Qashqadaryo viloyati IIBda xodimlarning jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi hamda korrupsion holatlariga murosasiz bo‘lishi, qonunchilik talablariga rioya etishning tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ko‘lami keng yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov, IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Temur Bayjanov, boshqarma sohaviy xizmatlar va JXX tarkibiy bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov so‘zga chiqib, viloyatda kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olishda boshqarma sohaviy xizmatlari xodimlari hamkorligini yanada kuchaytirish, jinoyatlarni yuzaga keltirgan sabab va omillarni tahlil etib, muhokama yig‘ilishlari o‘tkazishi, bu borada avvalo xodimlar xizmat burchiga sodiq holda sadoqat bilan xizmat olib borishi lozimligini ta’kidladi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov shaxsiy tarkibning xizmat, ijrochilik intizomi va qonunchilikka rioya etish, ma’naviy-ma’rifiy, kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni atroflicha tahlil qilib, “xodimbay” ishlarni yanada jonlantirish, faoliyat davomida xizmat vaqtida va xizmat kiyimida noo‘rin xatti-harakatlar sodir etmaslik, har bir xodim o‘z ustida mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganib, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ko‘p yillardan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar yoshlarga xizmat sirlarini o‘rgatishi, nojo‘ya holatlarni sezganda darhol uni ogohlantirishi lozimligini tushuntirdi.
Yig‘ilishda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik T.Bayjanov so‘zga chiqib, shaxsiy tarkib bilan sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz holatlarni barvaqt oldini olish, ichki ishlar organlarida guruhbozlik, berilgan topshiriqlarni noo‘rin muhokama qilish, tamagirlik, korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilishi lozimligini qayd etdi.
Yig‘ilishlarda “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish  oliy burch” shiori asosida xizmat olib borish lozimligi, buning uchun xodimlar o‘z ustida ishlab, bilim va malkasini boyitishi, kasbiy mahoratini oshirishi qilish bugungi kun talabi ekanligi sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga vazifa etib qo‘yildi.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning xatti-harakatida noqonuniy holatlarga guvoh bo‘lganlar viloyat IIB rahbariyati yoki IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishi aytib o‘tildi.

Text to speech