25 Yanvar 2024 yil 261

“Ekstremistik va radikalistik yot g‘oyalarni tarqalishini oldini olish”

Qashqadaryo viloyat IIB TQX TQKB hamda G‘uzor tuman  IIB  xodimlari  hamkorlikda tumandagi Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 14-sonli umumta’lim maktabida  “Ekstremistik va radikalistik yot g‘oyalarni tarqalishini oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda qatnashchilarga noislomiy tashkilotlar tasiriga tushmaslik,  har qanday yot g‘oyalarga qarshi kurashish borasida viloyat IIB TQX TQKBxodimlari  tomonidan kerakli tushunchalar berildi. Yig‘ilishda  voyaga yetmaganlarni    noqonuniy ta’lim olish uchun xorij (Misr, Turkiya) davlatlariga  chiqib ketishini oldini olish, bu borada mamlakatimizdagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish  to‘g‘risida  ishtirokchilarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Text to speech