27 May 2024 yil 399

KRIMINOGEN VAZIYAT TAHLIL ETILDI

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov huzurida Shahrisabz tumanida el osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, kriminogen vaziyat barqarorligiga erishish, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanga viloyat IIBdan biriktirilgan mas’ullar, bo‘lim rahbariyati ishtirok etdi. Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i  joriy yilning o‘tgan davrida tumanda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, jamoat tartibini saqlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil etdi.

  Huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tuman IIB tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi. 

  Tahliliy va tanqidiy ruhdagi yig‘ilishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi belgilab  olindi.

Text to speech