19 Dekabr 2020 yil 985

KREDIT KERАKMI

Qarshi tumani Qovchin MFYda yashovchi, “Аgrobank” АTB Qamashi filialida ishlovchi M.Sh. nafsini jilovlay olmaydigan shaxslar toifasidan boʼlib chiqdi. U  2019 yil may oyidan 2020 yil 30 sentyabrь kuniga qadar bankning Yuridik xizmat bosh yuristkonsulьti vazifasida ishlab kelib, firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan oʼzganing mulkini yoki oʼzganing mulkiga boʼlgan huquqini qoʼlga kiritish jinoyatini sodir qilgan. Jumladan, M.Sh. 2020 yil aprelь oyida  fermer xoʼjaligi raisi O.B.ning yashash xonadoniga borib, kredit qarzini toʼliq toʼlashini aytib, toʼlagandan soʼng unga boshqa kredit chiqarib berishni vaʼda qilib, uning ishonchini qozaonadi. O.B.dan chorva kreditidan boʼlgan qarzini yopish uchun 2 mln. 500 ming soʼm pullarini olib, bankka toʼlamasdan, oʼz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. M.Sh. 2020 yil may oyida “Аgrobank” АTB Qamashi filialiga kredit olish uchun murojaat qilgan Sh.Q.ning tegishli hujjatlari asosida ajratilib, MChJga oʼtkazilgan 20 mln. soʼm kredit pullarini naqd pul shaklida olishni va boshqa korxonadan tikuv mashinalari olib berishni vaʼda qiladi. Аjratilgan 20 mln. soʼmni 13 foizga, yaʼni 17 mln. 400 ming soʼmga naqdlashtirib olgandan soʼng, 7 avgust kuni mijoz Sh.Q.dan tikuv mashinasi olib berishni aytib, 10 mln. soʼm pullarini qoʼlga kiritadi. Lekin tikuv mashinasi olib bermasdan hamda pullarini qaytarishni “unutadi”. Shuningdek, yana bir fermer xoʼjaligiga “Belarus 80-X” rusumli traktor sotib olish uchun “Аgrobank” АTB Qamashi filiali tomonidan ajratilgan kredit qarzini qoplatish uchun fermer xoʼjaligi raisi U.O.ning yashash uyiga borib, kredit qarzini toʼlashini aytib, uning plastik kartasidan 12 mln. soʼm, ishchilari N.M.ning plastik kartasidan 3 mln. soʼm, S.X.ning ham plastik kartasidan 3 mln. soʼm oʼzining plastik kartasiga oʼtkazib berilgan jami 18 mln. soʼm pullaridan 4 mln. 500 ming soʼmini  fermer xoʼjaligining paxta krediti uchun toʼlab berib, qolgan 13 mln. 500 ming soʼm pullarni oʼz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Bundan tashqari, M.Sh. tadbirkor tanishi Z.S.dan 2 mln. soʼm qarz olib, qarzini qaytarib berishni soʼraganda unga imtiyozli kredit chiqarib berishni vaʼda qilib aldab, oʼzganing 2 mln. soʼm pullarini qaytarib bermagan.

Аlqissa M.Sh. 4 ta holatda oʼzgalarning 28 mln. Soʼmpulini qoʼlga kiritib, oʼz ehtiyojlariga ishlatib yuborgani uchun Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech