Ko‘p miqdorda pirotexnika vositalari aniqlab olindi
Qashqadaryo viloyat hududida noqonuniy
pirotexnika vositalarini olib kirilishi, sotilishi va savdosiga chek qo‘yish
yuzasidan o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida bir nechta
holatlar aniqlandi. Jumladan, Kitob tumani IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda
o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Kitob tumanida yashovchi fuqaro xonadonidan taxminiy qiymati
40.000.000 so‘mlik, 56 dona “A2-7” nomli salyutlar va 144 blok, 1440 quti,
86400 dona “TRENIYA” yozuvli pirotexnika vositalari hujjatlashtirib olindi.
Bundan tashqari, Qarshi tuman IIB xodimlari
tomonidan olib borilgan surushtiruvlar davomida Qarshi tumanida yashovchi
fuqaro taxminiy qiymati 6 700 000 so‘mlik 5 dona “A2-7” nomli salyut va 24
blok 288 quti 11520 dona “TRENIYA” va
“Britanik” yozuvli pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida tadbir
ishtirokchilari tomonidan aniqlanib,
huquqbuzarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Koson tuman IIB xodimlari tomonidan
tumandagi
maktab o‘quvchisining yonidan bir quti 50 dona
“Treniya” nomli taxminiy bahosi 25 000 so‘mlik pirotexnika vositasi olib
yurganligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, uning
onasiga nisbatan O‘zR MJtKning 47-moddasi 1-qismi tartibida bayonnoma
rasmiylashtirildi.
Viloyat bo‘ylab bu boradagi ishlar davom
ettirilmoqda.