KO‘P MIQDORDA GIYOHAND MODDA ANIQLAB OLINDI
Kriminogen
vaziyatni jilovlash, ijtimoiy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarni
oldini olish maqsadida Yakkabog‘ tumanida ichki ishlar va huquqni muhofaza
qiluvchi organlardan tuzilgan guruh ishtirokida nazorat kuzatuv tadbirlari
amalga oshirildi.
Tadbir
davomida tumanni “Yangiobod” mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.K
hovlisida 40 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotgani
aniqlandi.
SH.K.ga
tegishli uyning yordamchi xonalari ko‘zdan kechirilganda 4 kilogram 675
gram marixuana hamda 6 quti kuchli
ta’sir qiluvchi “FATZORB” psixotrop tabletkalari borligi aniqlanib, tegishli
tartibda rasmiylashtirilib olindi.
Holat
yuzasidan Yakkabog‘ tumn IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi
qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda