15 May 2024 yil 412

Koson tumanida 2024-yil g‘alla o‘rimi mavsumi uchun kombaynlar va texnikalarni ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Seminar Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqov va Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev boshchiligida tashkil qilindi va unda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, mutaxassislari, kombayn haydovchilari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, Koson tumanida 2024-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlaridan yetishtirilgan hosilini tez va qisqa muddatlarda o‘rib-yig‘ib olish bo‘yicha 21 ta otryad tuzilgan va ularga 42 ta kombayn biriktirilgan.

Bu yil tumanda 18 ming 500 gektar maydonga g‘alla ekilgan va belgilangan reja 56 ming 400 tonnani tashkil qiladi.

Text to speech