21 Dekabr 2024 yil
565
Koson tumanidagi Olato‘n qishlog‘ida joylashgan 39-maktabda viloyat IIB tashabbusi bilan kutubxona bunyod etildi
Kutubxona ochilish tadbirida viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov, tuman hokimligi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar mingdan ortiq kitob fondiga ega Prezident asarlari, badiiy va huquqiy adabiyotlar, tarixiy kitoblardan iborat kutubxonadan nafaqat o‘quvchilar balki mahalla ahli ham foydalanishi ta’kidlandi. So‘ngra, viloyat 3-sektor rahbari maktab isitish tizimi va sinfxonalarini ko‘zdan kechirib, ko‘mir zahirasi hamda elektr ta’minotini o‘rgandi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.