Koson tumanida yashovchi fuqaro oʼz uyida «kannabis» giyohvand oʼsimligini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi
2022 yil 06 aprel kuni soat 15:50 larda Koson tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbiri davomida Koson tumani “Mashʼal” MFYda yashovchi J.O. yashash uyining qurilishi tugallanmagan xonasidan 13 tup, jami sof ogʼirligi 2,5 grammga teng “Kannabis” oʼsimligi, yashash uyi xojatxonasidan 1 dona “Himolife” yozuvli 5 litr xajmli idishda joylangan holatdagi jami sof ogʼirligi 329,1 grammga teng “Marixuanna” giyoxvandlik vositasi va ushbu joydan 17 dona “Spichki” yozuvli gugurt quttilariga alohida-alohida qilib maxsus qadoqlangan jami sof ogʼirligi 70,3 grammga teng “Marixuanna” giyoxvandlik vositasi hamda J.O.ning egnida boʼlgan malla rangli shimining old kichik choʼntagida sargʼish rangli qogʼozga oʼralgan holdagi quritilgan yashil rangli, oʼtkir xidli giyoxvandlik vositasiga oʼxshash boʼlgan oʼsimlik quritmalari borligi aniqlanib tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Koson tuman IIB huzuridagi TB tomonidan J.O.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.