16 Iyul 2021 yil 871

Koson tumanida sodir etgan qotillik jinoyatini yuzaga keltirgan sabab va omillarni tanqidiy tahlil etildi

Koson tumani 1-sektor shtabida tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli bolalar shifoxonasida sodir etilgan qotillik jinoyatining kelib chiqish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlar yuzasidan muhokama yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, tuman hokimligi, prokuratura va Ichki ishlar boʼlimi, Tibbiyot birlashmasi, keng jamoatchilik vakillari va jinoyat sodir etgan shaxsning oila-aʼzolari ishtirok etdi.
Muhokama yigʼilishini viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev ochib, tumanning Nartichuqur mahallasida yashovchi Mirzaev Izzatillo tomonidan nisbatan sodir etgan qotillik jinoyatini yuzaga keltirgan sabab va omillarni tahlil etdi.
Maʼlum boʼlishicha, bundan oʼn toʼrt yil oldin turmush oʼrtogʼi vafot etgan Mirzaev Izzatillo hamshahri Rajabova Dilfuza bilan turmush qurgan. Undan oʼgʼil farzand dunyoga kelgan. Soʼngra, Kasbilik Qurbonova Fotimaga uylangan. Uchinchi xotinidan ham ikki nafar farzand koʼrgach, 2014 yilda yana shaʼriy nikoh asosida Shoira Yaxьyaevaga uylangan.
Yoshi oltmishni qoralab qolgan Mirzaev Izzatillo toʼrtinchi turmush oʼrtogʼi Shoira Yaxьyaeva ishlaydigan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli bolalar shifoxonasiga boradi. Turmush oʼrtogʼini koʼrgan shifokor haqoratomuz gaplar bilan uni xonasidan haydab chiqarmoqchi boʼlgan. Bunga javoban er boʼlmish oʼzi bilan olib borgan oshxona pichogʼi bilan ayolning chap koʼkrak va yon hamda bel sohasiga bir necha marotaba tiqib oladi. Natijada ayol shifikorlar tomonidan koʼrsatildgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Er-xotin oʼrtasidagi munosabat hudud profilaktika inspektori tomonidan oʼrganilib, profilaktik suhbatlar oʼtkazilgan. Аmmo mahalla faollari, oqsoqollar va boshqa mutasaddi tashkilotlarning bundan xabari boʼlmagan. Bundan koʼrinadiki, mahalla faollari er-xotin oʼrtasidagi kelishmovchilikni qarindosh-urugʼ, mahalla mutasaddilari, faollari vaqtida aniqlab, bartaraf etish choralarini koʼrmagan. Keng jamoatchilik vakillari qaerga qaragan?! Bu holatlarni issigʼida aniqlab, oldini olish, murosaga keltirish boʼyicha tegishli chora-tadbirlar koʼrilganda ehtimol, bu mudhish hodisa yuz bermagan, bir ayolning umri bevaqt zavol topmagan boʼlardi.
Yigʼilishda tumanning “Mashʼal” mahallasida osoyishtalik, xotirjamlik va fuqarolarning issiq sovugʼidan xabar oladigan masʼul mutasaddilarning ish uslubi oʼzgarmagani keskin tanqid ostiga olindi. Kelgusida bu kabi mudhish jinoyatlarning oldini olishga nafaqat profilaktika inspektori, balki mahalla rahbariyati, qolaversa har bir sektor rahbarlari ham javob berishga majburligi taʼkidlab oʼtildi. Buning uchun tumandagi sektor rahbarlari hamon eskicha qolip va usulda ish koʼrayotgan mahalla raislari va aʼzolari ishini qaytadan koʼrib chiqish, pirovardida fuqarolarning maishiy va boshqa muammolarini bartaraf etadigan oqil va kayvoni insonlarni oqsoqol qilib saylash lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.
Muhokamada holat yuzaga kelishiga masʼul mutasaddi idoralar vakillaridan voqea boʼyicha izoh soʼralib, oʼz ishiga sovuqqonlik bilan yondoshgan oqsoqol va rahbarlarga tegishli jazo choralari belgilandi.
Mazkur holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan Mirzaev Izzatilloga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech