17 Dekabr 2022 yil 560

Koson tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Koson tumanidagi 24-maktabda 3-sektorga qarashli “Chiroqchi”, “Maydayobu”, “Surxon”, “Xo‘jaquduq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov, boshqarma tashkiliy boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Nosir Nazarov va Koson tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i polkovnik Ilxom Qutlimuratov aholi va bevosita qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi.

Sayyor qabulda aholini qish mavsumida kommunal sohalardagi muammolar, yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi masalalar bilan bog‘liq 17 ta murojaatlar qabul qilindi.

Fuqarolarning murojaatlaridan 6 tasi ijobiy hal etildi. Jumladan, tumanning “Chiroqchi” mahallasida yashovchi fuqarolar Asliddin Xo‘jamurodovga suyultirilgan gaz balloni, Xo‘jaquduq mahallasida yashovchi Norbek G‘oibov va Maydayobu mahallasida yashovchi Gulandom Mamatovaga nogironlik aravachasi berildi. Bundan tashqari, o‘zini o‘zi band qilishi uchun yana 3 nafar ayollarga tikuv mashinkasi berildi.

Qolgan 11 ta murojaatlar ijrosi vaqt va mablag‘ talab etgani boisi ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech