19 Mart 2020 yil 836

Koson tumanida mol oʼgʼrilari qoʼlga olindi

Koson tumani “Shirintepa” MFYda yashovchi 1992 yilda tugʼilgan E.O tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, oʼz arizasida, 2020 yil 22 yanvarь kuniga oʼtar kechasi yashash uyi orqa tomonidagi molxonasidan 3 bosh qoʼzilarini va 23 yanvarь kuniga oʼtar kechasi 3 bosh qoʼylari va 1 bosh qoʼzisini nomaʼlum shaxslar oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida mazkur oʼgʼirlik jinoyatni, Koson tumani “Chiroqchi” MFYda yashovchilar 1997 yilda tugʼilgan А.D va 1999 yilda tugʼilgan А.S.lar sodir etganligi aniqlanib ushlanganlar. 16.03.2020 yil Koson TIIB TB tomonidan D.А va S.А.ga nisbatan Oʼz.R JKning 169-m. 2-q “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech