11 Dekabr 2024 yil 959

Koson tumanida «Xavfsiz hudud - dolzarb 50 kunlik» maxsus profilaktik tadbiri doirasida masul xodimlarga tegishli yo‘riqnomalar berildi

Respublikamiz boylab jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika tadbirlari samaradorligini yanada oshirish, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida “Dolzarb 50 kunligi” o‘tkazilmoqda. Shu maqsadda bugun Koson tumanida ichki ishlar organlari va hamkor tashkitlotlar vakillariga mazkur profilaktik tadbiri doirasida yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnomada tuman IIB boshlig‘i polkovniy Boborahim Mirzayev Koson tumanini jinoyatlardan holi hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga e’tibor qaratish lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berishdi.

Text to speech