6 Fevral 2021 yil
780
Koson tumanida roʼy bergan jinoyat yuzasidan tanqidiy ruhda muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi
Koson tumanida roʼy bergan jinoyat yuzasidan muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik U.Yaxshiev, tuman hokimligi, prokuraturasi, tuman IIB xodimlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muhokama yigʼilishida soʼzga chiqqanlar oila turmush doirasida sodir etilgan bu jinoyatni yuzaga keltirgan sabab va omillarni atroflicha tahlil etishdi. Bunday salbiy holatlar qayta takrorlanmasligi uchun mahallaning masʼul mutasaddilari ogohlik va hushyorlikni oshirishi lozimligi qayd etildi.
Tanqidiy ruhda oʼtgan yigʼilishda oʼz vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondoshgan soha vakillari qattiq ogohlantirildi.