Koson tumanida bo‘lib o‘tgan viloyat 3-sektor rahbarining uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Aholi
bandligini ta'minlashda tashqi mehnat migratsiyasining o'rni katta. Ayni paytda
birgina Germaniya davlati 50 ming ish o'rnini taklif etayapti. Koson tumanida
bo'lib o'tgan viloyat 3-sektor rahbarining uyushmagan yoshlar bilan
uchrashuvida bu haqida batafsil ma'lumot berildi. Tadbirda tumanning 202 nafar
yoshlari shu imkoniyatdan foydalanish istagini bildirdi, ularning 194 nafari Germaniyada ishlash, 6
nafari ta'lim olish maqsadini ko'zlagan. Ma'lumotlarga qaraganda, Germaniyada 2
xil usuldan foydalanib, ishlash va o'qish imkoniyati bor. Ya'ni ulardan biri
nemis tilini o'rganib, to'g'ridan-to'g'ri xorijga chiqish bo'lsa, ikkinchisi
ausbildung tizimidan foydalanib, ham
o'qish, ham ishlash uchun 3 yillik shartnoma asosida Germaniyaga jo'nab ketish.
Har ikkala holatda ham nemis tili bo'yicha B1-B2 sertifikatlari talab etiladi.
E'tiborlilisi, til o'rganish uchun katta xarajat qilish, mutaxassis qidirish
shart emas. Til kurslari mahallalarning o'zida, tajribali pedagoglarni jalb
qilgan holda bepul tashkil etiladi. Uchrashuvda bu haqida batafsil ma'lumot
berildi. Bu esa yoshlarning dilidagi gap bo'ldi. Tumanning Nartibaland
mahallasidan Zarnigor Shuhratova anchadan beri nemis tilini o'rganib,
Germaniyada ishlash istagi bilan yashayotgan edi. U birinchi qadamni qanday
qo'yishni bilmayotgan bir paytda bu uchrashuv unga katta shijoat berdi.
Zarnigor shu yerning o'zida mahallasida tashkil etilgan nemis tili kursiga
yozildi. Yoshlarning ko'pchiligini ushbu
davlatda ayni paytda qaysi mutaxassisliklarga talab yuqori degan savol
qiziqtirdi. Mutasaddilar tomonidan hamshiralik, haydovchilik, avtomobillarga
texnik xizmat ko'rsatish, mehmonxona xizmati yo'nalishlarida ish o'rinlari ko'p
ekanligi aytib o'tildi. Bundan tashqari Buyuk Britaniya, Turkiya, Latviya,
Polsha, Koreya, Rossiya kabi davlatlarda ham ishlash imkoniyatlari haqida
tadbirda to'xtalib o'tildi.