Koson tumani Yuqori Obron mahallasida sodir etilgan qotillik jinoyati yuzasidan muhokama yigʼilish boʼlib oʼtdi
Dinda ham, qonunda ham ota-onaga qoʼl koʼtarish ogʼir gunoh sanalib, bunday farzandlar qattiq va eng ogʼir jazoga mustahiqdir. Аmmo ota-onaning umriga zomin boʼlgan shaxs ikki dunyo saodatidan mosuvo boʼladi. Jumladan, Koson tumani Yuqor Obron mahallasida yashovchi E.Sh ham oʼz onasini umriga zomin boʼlib, el aro onasini qotili degan tamgʼani bir umrga oldi.
Yaqinda Koson tumani Yuqori Obron mahallasida sodir etilgan mazkur qotillik jinoyati yuzasidan muhokama yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, tuman hokimligi, prokuratura va Ichki ishlar boʼlimi, mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi, mahalla faollari va jinoyat sodir etgan shaxsning oila-aʼzolari ishtirok etdi.
Muhokama yigʼilishida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev ishtirok etib, 1975 yilda tugʼilgan, 2003 yildan buyon “Shizofreniya” kasalligi bilan hisobda turuvchi E.Sh tomonidan sodir etilgan qotillik jinoyatinini atroflicha tahlil etdi.
Marhuma B.M farzandi E.Sh.ni bir necha bor davolatgani, jumladan, 2021 yil 6 iyunь kuni uni viloyat Аsab-ruhiy kasalliklar dispanserida davolatib, uyiga olib kelgan. Аmmo uning xatti-harakatlarini biriktirilgan oilaviy poliklinika patronaj guruhi masʼullari tomonidan doimiy nazorat tartibida oʼrganilmagani tanqid ostiga olindi. Bu borada tuman Tibbiyot birlashmasining masʼul mutasaddilari ogohlantirilib, mahalla faollarining masʼuliyatni yanada oshirib ishlashi taʼkidlab oʼtildi.
Masʼul mutasaddi idoralar vakillaridan voqea boʼyicha izoh soʼralib, oʼz ishiga sovuqqonlik bilan yondoshgan tuman Tibbiyot birlashmasi rahbarlarga tegishli topshiriq va vazifalar yuklandi.
Holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan E.Sh.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.