Koson tumani “Birdamlik” MFYdagi o‘quvchi va uyushmagan yoshlar o‘rtasida Voleybol musobaqasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Sh.Mirziyoyev tomonidan
2024 yilning 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining
kengaytirilgan yig‘ilishidagi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.I.Ximmatovga
otaliqqa berilgan Koson tumani “Birdamlik” MFYdagi o‘quvchi va
uyushmagan yoshlar o‘rtasida Voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
Yoshlarni barkamol avlod
sifatida tarbiyalash, ular o‘rtasida vatanga muhabbat, sadoqat, o‘zaro birlik
kabi tushunchalarni shakllantirish, shuningdek, yoshlarni jismoniy
tayyorgarligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan voleybol musobaqasi
davomida “Birdamlik” MFYdagi o‘quvchi va uyushmagan yoshlardan iborat
voleybol jamoalari o‘rtasidan 1,2,3 o‘rinlar uchun qizg‘in kurash bo‘lib
o‘tdi.
Tadbirida podpolkovnik
I.I.Ximmatov musobaqa so‘ngida sovrinli o‘rinlarni egallagan
voleybol jamoalarini taqdirlab, bu kabi tardiblarni muntazam o‘tkazilishi,
yoshlar esa bunga o‘zlarining vatanga sadoqatlari, tarbiyalari, bilimga
intilishlari, jamoat ishlarida faol bo‘lishlari bilan javob qaytarishlari
lozimligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 mart kunidagi «Vatan
tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq podpolkovnik I.I.Ximmatov
tomonidan Koson tumanidagi 42-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan 10-11-sinf
o‘quvchilari orasidan vatanparvar, eng intizomli va bilimli, tashabbuskor
bo‘lgan 15 nafar yoshlarga «Vatan tayanchi» harakatining
nishonlari topshirildi.