22 Fevral 2024 yil 360

Koson tumani “Birdamlik” MFYda yashovchi uyushmashgan yoshlarning turmush tarzi, muammolari o‘rganildi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik I.I.Ximmatov boshchiligidagi ishchi guruh huquqiy targ‘ibot kunlari doirasida Koson tumani “Birdamlik” MFYda yashovchi uyushmashgan yoshlarning turmush tarzi, muammolarini o‘rgandi.

O‘rganishlar jarayonida 92 nafar yoshlarning ishsizlik, kredit olish, kasb-hunarga o‘qitish kabi o‘ndan ortiq muammolari tinglanib, yechimini topish choralari ko‘rildi. Mablag‘ va vaqt talab etadigan masalalar ijro uchun mas’ullarga biriktirildi. Ayrim muammolar bo‘yicha murojaatchilarga huquqiy maslahatlar berilib, mahalla yettiligiga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, otaliqqa olingan yoshlar tomonidan kelgusida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmaslik bo‘yicha profilaktik suhbatlar ham o‘tkazildi. O‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Text to speech