Koson tuman IIBda “Uch alod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB MMI va KBTX rahbariyati hamda boshqarma Faxriylar kengashi a’zolari, tuman IIB rahbariyati shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Yig‘ilishda boshqarma MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari,
podpolkovnik G‘ulom Isamov so‘zga chiqib, xodimlar tomonidan xizmat intizomi va
qonunchilikka rioya etish, xizmat vazifasiga taalluqli bo‘lmagan ishlarga
aralashmaslik, xizmat va shaxsiy avtomashinalarni qonun talabi doirasida
boshqarish, fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, xizmat kiyimini kiyish
talablariga rioya etish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va O‘zbekiston
Respublikasining 1008-son qonuni bilan IIO to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan
o‘zgartirishlar va xodimlarga belgilangan ayrim cheklovlarga amal qilishlari
tushunchalar berdi.
Tadbirda so‘z olgan boshqarma Faxriylar kengashi raisi,
iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov mamlakatimizda yosh xodimlarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan
g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Jumladan, har yili
o‘tkaziladigan bu kabi “Uch avlod uchrashuvi”larida yosh xodimlarning kasb
mahorati va tajribasini oshirish borasida ibratga molik ishlar amalga
oshirilayotganini ta’kidladi.
Tadbirda so‘z olganlar ichki ishlar organlarida uzoq yillar
xizmat qilgan faxriylar tajribasi va malakasi yosh xodimlar uchun maktab
ekanligini, bugungi kunda faxriylik gashtini surayotgan otaxonlarning
aksariyati o‘yda o‘tirishni ep bilmasdan “Ustoz-shogird” an’anasiga sodiq
qolgan holda soha vakillaridan o‘z maslahatlarining ayamayotgani qayd
etishdi.
Boshqarma rahbariyati tomonidan yosh xodimlarga yaratib
berilayotgan shart-sharoitlar, g‘amxo‘rliklarga javoban ular Vatan xizmatiga
kamarbasta bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
Joriy yilda xodimlar tomonidan xizmat intizomiga rioya etish, qonunbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshiriladigan ishlar rejasi kelishib
olindi.