20 Fevral 2021 yil 574

KORRUPTSIYSGА YOʼL YOʼQ

2021 yil 20 fevral kuni Qashqadaryo viloyati IIBda Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati va korruptsiyaga yoʼl qoʼymaslikka yoʼnaltirilgan amaliy chora-tadbirlar” mavzusida taqdimot boʼlib oʼtdi. Unda barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari onlayn tarzda qatnashdi.

Taqdimotda Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilishi, sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, agentlikning qonuniy maqomi, asosiy vazifa va faoliyat yoʼnalishlari, vakolatlari, korruptsiyaga qarshi “kompleks-nazorat” tizimini joriy etish boʼyicha chora-tadbirlar yoʼnalishi haqida ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Korruptsiyaga qarshi “kompleks-nazorat” tizimini joriy etishda erishilgan asosiy natijalar toʼgʼrisida maʼlumotlar shtirokchilarga qiziqish uygʼotdi.

Taqdimotdan soʼng Qashqadaryo viloyati IIB soha-xizmatlari xodimlaridan anonim soʼrovnomalar olindi.

Text to speech