Korruptsiyasiz sohada adolat va rivojlanish boʼladi
Qashqadaryo viloyati IIBda “Korruptsiyasiz sohada adolat va rivojlanish boʼladi” mavzusida maʼrifat darsi boʼlib oʼtdi. Unda boshqarma sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirni viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari, polkovnik X.Bozorov ochdi va olib bordi.
Boshqa sohalarda boʼlgani kabi, ichki ishlar organlari xodimlari oʼrtasida ham korruptsiyaga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish, bu illatni yoʼqotish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tizimda korruptsiyaga qarshi kurashish, shaxsiy tarkib oʼrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish ustuvor vazifaga aylangan. Halollikni shior qilgan koʼplab xodimlar korruptsion holatlar, pora bermoqchi boʼlayotgan shaxslar haqida xabar berib, kasbiga sodiqligini amalda namoyon etishyapti.
Kichkina bir detalь yoki murvat ishlamasa butun boshli katta mashina yaxshi yurmaydi yoki ishlamaydi. Аna shu arzimasdek tuyulgan kichik nosozlik bora-bora boshqa detallarni ham ishdan chiqaradi. Xuddi shunday, tanasining bir joyida dardi bor odam vaqtida davolanmasa, dard kuchayib boshqa aʼzolarni ham zararlaydi. Korruptsiya ham xuddi shunday. Jamiyatda bu illat bor ekan, vaqtida uning ildizi qirqilmasa, qarshi kurashilmasa, u barq urib rivojlanaveradi. Oqibatda davlat tanazzul botqogʼiga botib boraveradi.
Xoʼsh, unga qarshi qanday kurashish kerak? Yana qanday choralar koʼrish lozim?
Bu borada ziyolilar, huquqshunoslar, ulamolar fikriga quloq tutadigan boʼlsak, muammoning yechimini topgandek boʼlamiz. Baʼzilari qonunni qatʼiylashtirib, jazoni kuchaytirish kerak, desa, ayrimlari unga qarshi kurashni oiladagi tarbiyadan boshlash lozim, halol-haromning farqini bolalikdan ularning ongiga singdirish zarur, dedi - Qarshi Davlat universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi А.Doʼlanov.
Yigʼilishda Korruptsiya darajasi eng past boʼlgan Singapur, Finlyandiya, Janubiy Koreya shu darajaga xalq ruhiyatini saqlab qolish, diniy qadriyatlarni mustahkamlash, vatanparvarlik mafkurasini ongga singdirish orqali erishgan. Hamma uchun bir xilda ishlaydigan qonunlarni joriy etish, odamlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, biror manfaatsiz jamoatchilik nazoratini yaratish tufayli shu maqomga sazovor boʼlgan. Biz ham shu nurli yoʼldan yurishga munosib xalqmiz. Nahot, ular qilgan ishni biz qilolmasak?!
Tadbida Korruptsiyasiz jamiyatni yaratishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini taʼminlash, elektron hukumatni keng joriy etish, inson omilini kamaytirish ham yaxshi samara berishi sinalgan usullardan biridir deb takidlandi.
Xullas, taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tugʼdiruvchi bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi boʼlmogʼi zarur. Shundagina biz ushbu xavfni bartaraf etamiz, korruptsiyasiz soha, korruptsiyasiz jamiyatni yaratamiz.