6 Dekabr 2024 yil 755

Korrupsiyani oldini olish mavzusi doirasida seminar-trening tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida Korrupsiyani oldini olish va u bilan doimiy ravishda kurashish mavzusi doirasida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Qashqadaryo viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik N.Ismoilov va uning o‘rinbosari M.Xaydarov Qashqadaryo viloyat Adliya xizmatchisi R.Raxmonov hamda hududiy inspeksiya boshlig‘i O‘.X.Panjiyev, ichki nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.Choriyev va inspeksiya xodimlari ishtirok etishdi. Jarayonda  mavjud muammolar va galdagi vazifalarga asosiy e’tibor qaratildi. Xususan, seminar davomida korrupsion holatlarni oldini olish, xodimlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz kayfiyatini shakllantirish, unga doir jinoyatlarning oqibatlari va bunday holatlarga jazoning muqarrarligi haqida so‘z yuritildi.

Text to speech